17Mar-2026
“Oilaviy kitobxonlik” dasturi
#Ayollarni_ezozlash_oyligi #Oilaviy_kitobxonlik
2026-yil 15-fevraldan 15-martga qadar o‘tkazilayotgan “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida “Oilaviy kitobxonlik” dasturi amalga oshirilmoqda.
Mazkur dastur asosida mahallalarda istiqomat qiluvchi kitobxon oilalarga kitoblar yetkazib berish maqsadida 6-mart kuni Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Qo‘ng‘irot tumani “Jińishke” MFYda yashovchi, yoshi ulug‘, kitobsevar onaxonlar — Kamalova Altin va Yuldasheva Ayimlar xonadonlariga tashrif buyurilib, ularga badiiy adabiyotlar taqdim etildi.
Oilada ota-onalar hamda yoshi ulug‘ buvijonlar tomonidan kitob mutolaasining yo‘lga qo‘yilishi yosh avlodning kitobxon, ma’naviy yetuk bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi. 📚

