17Mar-2026
«Siyosiy-maʼrifаt soati»
«Siyosiy-maʼrifаt soati»
Haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha tuman va shaharlar hokimliklari xodimlari va davlat tashkiloti xodimlari uchun «Siyosiy-maʼrifat soati» tashkil etilmoqda.
Bugun, 6-mart kuni «Siyosiy-maʼrifаt soati» Qo’ng’irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun yuqori saviyada tashkil etildi.
Ma’naviyat – inson kamolotining asosi
Bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti nafaqat moddiy rivojlanish, balki insonlarning ma’naviy kamoloti bilan ham chambarchas bog‘liq. Ma’naviy boylik, ilm-fan va madaniyat inson hayotini mazmunli qiladi.
Ajdodlarimiz ham ma’naviyatni inson hayotining eng muhim qadriyatlaridan biri deb bilganlar. Shu sababli har bir inson o‘z bilimini oshirib, ma’naviy dunyosini boyitishga intilishi zarur.
✨ Ma’naviy barkamol inson – jamiyat kelajagining mustahkam poydevoridir.
