17Mar-2026
«Kutubxonaga sayohat»
Inson uchun kitobdan yaqinroq hamroh, sodiq do‘st va dono maslahatchi yo‘q.
5-mart kuni Qo‘ng‘irot tuman Axborot-kutubxona markaziga Qo‘ng‘irot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-sonli maktab o‘quvchilari sayohat tashrifi bilan kelishdi.
Sayohat davomida kutubxona xizmat ko‘rsatish mutaxassisi G. Orimbaeva o‘quvchilarni kutubxonamiz javonlaridagi turli yo‘nalishdagi kitoblar bilan tanishtirdi. Shuningdek, kutubxonada tashkil etilgan milliy ko‘rgazmalar haqida Bibliografiya bo‘limi boshlig‘i P. Rejepova batafsil ma’lumot berdi.
Kutubxonaga uyushtirilgan ushbu sayohat davomida o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishi yanada ortdi.
