13Mar-2026
Zulfiya Isroilovaning 111 yilligi munosabati bilan adabiy kecha
#Zulfiya_Isroilova
Qo’ng’irot tumani Milliy gvardiya Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha boshqsrmasining 9861- harbiy qismida sadoqat kuychisi Zulfiya Isroilovaning 111 yilligi munosabati bilan adabiy kecha o’tkazildi. Adabiy kechani J.Rajabov ochib berdi. Shuningdek, «Nuroniy» jamg’armasi boshlig’i Q.Qurbanbayev, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo’ng’irot tumani bo’limi boshlig’i U.Tileumuratova so’zga chiqib shoira haqida, hayot yo’li va uning sadoqat timsoli ekanligini aytib o’tdilar.
Tuman madaniyat bo’limi xodimlari kechaga kuy-qo’shiqlari bilan fayz bag’ishladilar.
Maktab o’quvchilari tomonidan shoira qalamiga mansub she’rlar aytildi.
Qo’ng’irot tumani axborot kutubxona xodimlari kitob ko’rgazmasi tashkillashtirildi.
