28Feb-2026
Zulfiya Isroilova tavallud kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri
#Zulfiya_Isroilova
Qo‘ng‘irot tumani 53-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida o‘zbek xalqining atoqli shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 53-maktab ma’naviy ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Zamira Bekmuratova, Qo’ng’irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimi Nilufar Saribayevalar so’zga chiqib Zulfiya Isroilovaning o‘zbek adabiyoti va ma’naviyati tarixida tutgan o’rni, hayot yo‘li, matonati va ijodiy jasorati yoshlar uchun ibrat maktabi ekanini e’tirof etti.
Tadbir davomida Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodiy faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shoiraning bolalik va yoshlik yillari, ijodga kirib kelishi, o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan munosib hissasi alohida ta’kidlandi. Uning she’rlarida ona Vatanga muhabbat, sadoqat, mehr-oqibat, ayol qalbining nozik kechinmalari va insoniylik tuyg‘ulari yuksak badiiy mahorat bilan ifodalangani qayd etildi.
Shundan so‘ng shoiraning sara she’rlari ifodali tarzda o‘qildi. Yoshlar tomonidan she’rlar yoddan aytildi.
Mazkur tadbir ishtirokchilarda milliy adabiyotimizga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada kuchaytirdi hamda buyuk shoiraning boy ma’naviy merosini chuqurroq o‘rganishga undadi.
Tadbirda Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasi ham alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Ko‘rgazmada Zulfiya Isroilova she’riy to’plamlari, kitoblari namoyish etildi.
