28Feb-2026
Siosiy-ma’rifat soati
#Siyosiy_marifat_soati
8-son
📌 Qo‘ng‘irot tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari siosiy-ma’rifat soatiniyng navbatdagi sonida ishtirok etishdi.
Unda:
🔹 siyosiy-ijtimoiy yangiliklar,
🔹 qonunchilikdagi o‘zgarishlar,
🔹 davlat xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiluvchi ma’lumotlar muhokama qilindi.
📰 Jadid gazetasining 9-sonida quyidagi maqolalar yoritildi:
1️⃣ Yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammadning aniq dalillar asosida yozilgan hikoyasi e’lon qilindi. Unda bir oilaning fojeali qismati orqali millat dardi, tarix, ayriliq va istiqlol sari yo‘l badiiy talqin etiladi. Asarda ma’naviy boylik va qon-qardoshlik rishtalari ustuvorligi ilgari suriladi.
2️⃣ Zarnigor Ibroximovaning “Sharhlovchi nuqtadan bo‘lsa” mavzusida jurnalist Davron Fayziyev bilan tayyorlangan suhbati o‘rin olgan. Suhbatda jurnalistikaning mas’uliyati va jamiyatdagi o‘rni haqida fikr yuritiladi.
3️⃣ Ijodkor Jamollidin Badalovning “Oltin avlod” nomli maqolasida yoshlarning intellektual salohiyati va kelajak taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z boradi.
📚 Mutolaa rukni:
Adib Xolidning “O‘zbekiston tavalludi” kitobida 1917–1932 yillardagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot yoritilgan.
✨ Siyosiy-ma’rifat soati — bilim va ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim maydon.

📱 (https://jomboy.takm.uz/)Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ⬇️
Telegram (https://t.me/kungradakm)/Facebook (https://www.facebook.com/share/1BAAH2U7RB/)/Instagram (https://www.instagram.com/kutubxona_2019)/YouTube (https://youtube.com/@qongirot_kutubxona_2019?si=CZVWkEFaRxkjyLc7)