18Feb-2026
«Kitobxon ona»
Kitobxon avlod tarbiyasida, avvalo, onaning tarbiyali bo‘lishi, badiiy adabiyotga oshno ekanligi muhimdir.
Oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi bilan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida o‘tkaziladigan 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan tadbirlar “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar kuni” deb belgilangan.
Shu munosabat bilan 2026-yil 17-Fevral kuni Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «O‘rnek» OFYda “Kitobxon onalar kuni” tadbiri tashkillashtirildi.
Tadbirda har bir kitobxon onalar o‘qigan asarlari haqida fikr-mulohazalar bildirishdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad kitobxon onalarimizning safini ko‘paytirish, shu orqali farzandlariga ham kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iboratdir.

