18Feb-2026
«Ulug shoh va shoir»
Qo‘ng‘irot tumani Axborot kutubxona markazi o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan «Ulug‘ shoh va shoir» deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkillashtirildi.
Kitob-rasmli ko‘rgazmada Bobur va Boburiylar hayoti va ijodiga daxldor adabiyotlar, Zahiriddin Muhammad Boburning tanlangan asarlari o‘rin olgan.
Ko‘rgazmada, albatta, asosiy o‘rin Boburning shoh-asari “Boburnoma” (Bobur hukmronligi davrida Boburiylar tarixi)ga ajratilgan. Undagi voqealar turli hodisa va qarama-qarshi holatlarning yechimi tafsilotlari bilan berilgan. Ular shu voqealar guvohi – shaxsan Boburning o‘zi bilan bog‘liq. Mazkur asarda ko‘pgina tarixiy obrazlar (Temuriylar sulolasi vakillari, harbiy amaldorlar, olimlar, san’at va madaniyat namoyondalari) mujassam.
