10Dec-2025
«Serquyosh hur o‘lkam” nomli kitoblar ko‘rgazmasi
- #Serquyosh_hur_olkam
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazida Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan «Serquyosh hur o‘lkam” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.
Ko’rgazmada
📘 Mustaqillik tarixi
— O‘zbekistonning davlat ramzlari yaratilish jarayoni
— Mustaqillikdan keyingi siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy islohotlar
— Istiqlol yillaridagi eng muhim tarixiy voqealar
📙 Davlat madhiyasi tarixi va mazmuni
— Madhiyaning yaratilish jarayoni, mualliflar hayoti va ijodiy merosi
— Madhiyada ifodalangan milliy g‘oya va vatanparvarlik ruhi
— Ramzlar orqali yoshlarni tarbiyalash borasidagi ilmiy-adabiy manbalar
📗 Vatan, yurtparvarlik va ma’naviyatga oid asarlar
— O‘zbekistonning buyuk shaxslari haqidagi kitoblar
— Yurtimizning tabiati, madaniy merosi va tarixi haqida nashrlar
— Milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi badiiy adabiyotlar
— Vatan, bayroq, gerb va madhiya mavzularida o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar
— Yosh avlodda ma’naviy ongni shakllantirishga xizmat qiluvchi kitoblar.
