09Dec-2025
«Konstituciyam – baxtım ıǵbalım»
Qo’ng’irot tumani Axborot-kutubxona markazida Ózbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Ichki ishlar xodimlari va faol kitobxonlar ishtirokida «Konstituciyam – baxtım ıǵbalım» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi, kitoblar kórgazmasi qo’yildi.
🔵Dastlab ishtirokchilarga Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, uning davlat boshqaruvidagi ahamiyati va fuqarolik burchi bilan bog‘liq jihatlar haqida umumiy tushuntirish berildi. Shundan so‘ng yangilangan Konstitutsiyadagi asosiy yangiliklar – inson huquqlarining mustahkamlanishi, ijtimoiy himoya tizimidagi o‘zgarishlar, boshqaruv organlarining takomillashtirilgan mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
🔵Tadbir jarayonida ishtirokchilar o‘zlariga qiziq bo‘lgan savollar bilan murojaat qilib, yangilangan qonunlarning amaliy hayotga ta’siri borasida suhbatlashdilar. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida davom etdi.
🔵O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023 yil 1 maydan e’tiboran kuchga kirdi. Bunga 30 aprel kuni bo’lib o’tgan referendum natijasiga ko’ra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos bo’ldi. Bu qonunning 1-moddasiga Konstitutsiyaning yangi tahriri ilova qilingan.
Bunga qadar 1992 yildan buyon konstititutsiyaga jami 15 marta o’zgartish kiritilgan edi. Bu safar esa o’zgarishlar ko’lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi. Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, rasmiylarga ko’ra, konstitutsiya 65 foizga yangilangan.
🔵Suhbat yakunida Konstitutsiya – davlatimiz tayanchi, fuqarolarning erkinligi va huquqlarini kafolatlovchi asosiy hujjat ekani ta’kidlandi. Tadbir fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladigan foydali uchrashuv bo‘ldi.

