03Sep-2025
«Mustaqilligimiz asoschisi»
Oʻzbek xalqining ulugʻ farzandi, mustaqil Oʻzbekiston davlati asoschisi, mamlakatni 1989-yildan 2016-yilga qadar boshqargan davlat arbobi, kuchli siyosatchi, millat yetakchisi Islom Karimov 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston mustaqilligini eʼlon qilgan. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov 25-yil davomida mustaqil O‘zbekistonni boshqarib, tinchlik va osoyishtalikni taʼminladi, koʻp millionli xalqni Vatan taraqqiyoti yoʻlida birlashtirib, islohotlarga safarbar etdi. Buyuk davlat arbobi sifatida mamlakatimizda va xalqaro maydonda yuksak obro‘-e’tibor qozondi. Joriy yilning 14-avgust kuni Qo`ng`irot tumani Axborot-kutubxona markazida Ózbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligini nishonlash bóyicha «Vatan uchun, millat uchun, Xalq uchun» shiori ostida ótkaziladigan turkum tadbirlar rejasiga asoslanib Mustaqilligimiz asoschisi» mavzusida kórgazma tashkil qilindi.
Shuningdek, koʻrgazmada Prezidentning asarlari toʻplami, prezident haqidagi kitoblar joy olgan.
