03Sep-2025
“Bayraming Muborаk O’zbekistonim” kitoblar ko’rgazmasi
#Mustaqillik_34_yil
#Vatan_uchun_millat_uchun_xalq_uchun
Qo’ng’irot tumani Axborot-kutubxona markazida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun,xalq uchun” shiori ostida “Bayraming Muborаk O’zbekistonim” deb nomlangan ko’rgazma tashkillashtirildi.
Ko’rgazmadan bugungi kunda gullab, yashnayotgan O’zbekistonda olib borilayotgan ijobiy o’zgarishlar, islohotlar, fidoiy insonlar haqidagi kitoblar, albomlar joy olgan. 1991-yil 31-avgustda “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” qonun qabul qilindi hamda shu qonun doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin Oʻzbekiston SSRni Oʻzbekiston Respublikasi deb atash va 1-sentyabrni Mustaqillik kuni deb e’lon qilish belgilandi.
