23Jan-2025
Turkiston Jadidlik harakatining otasi
Joriy yilning 17-yanvar kuni Qo’ng’irot tumani axborot-kutubxona markazi hamda Nukus shahri «Ishga marhamat» «Mono markazi» Qo’ng’irot filiali hamkorligida dramaturg, noshir, pedagog, din va jamoat arbobi, jadidchilik milliy maʼrifatparvarlik harakatining tarafdori Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan “Turkiston Jadidlik harakatining otasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Ushbu davra suhbatida Abonement va foydalanuvchilarga xizmat kórsatish xizmat mutaxassislari Mavlyuda Ismaylova, J.Toxtarova va Nilufar Saribaevalar yurtimizda hurriyatga erishish yo‘lidagi dastlabki intilishlar, balki ilk yangi usuldagi maktablarning yuzaga kelishi, ta’lim-tarbiya masalalari, teatr, milliy jurnalistika, o‘zbek tilining mavqei ma’rifatparvar bobomiz nomi bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ta’kidladi.
