13Jan-2025
korgazma 14 yanvar
Eng oliy burch bilar Vatan burchini,
O‘zida topadi yengilmas kuchni,
Menga daxldor deb har bir qarichni,
Mard yigit qo‘riqlar yurtning baxtini!
1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi. Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan.Shu munosabati bilan Qo’ng’irot tumani axborot -kutubxona markazida «Xalıq hám armiya-bır tán,bır jan» (14-yanvar Watan qorģavshıları kúni) kórgazma tashkillashtirildi.
