10Jun-2024
«Perzent o’mir shiragi»
#korgazma
#1_iyun_Xalqaro_bolalar_kuni
#Perzent_omir_shiragi
Bolalik—hayot ummonining musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murg‘ak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka to‘la lahzalardir. Go‘daklarning bahor tongi misol beg‘ubor qalbi faqat yaxshiliklarga yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Shu sabab 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni eng quvonchli bayram sifatida butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi. Joriy yilning 31 – may kuni Qo’ng’irot tumani axborot- kutubxona markazi mutaxasislari tomonidan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan MMTB ga qarashli 22-sonli bog‘chada o‘tkazilgan bayram tadbirida «Perzent o’mir shıraģı” nomli kitoblar ko`rgazmasi bilan qatnashdi. Ko’rgazmadan X. To’xtaboyevning “Sir ochildi”, O’zbek xalq ertaklari “Bola bilan kapalak”, “Bo’ri bilan mergan”, “Jahon xalq ertaklaridan Aka-uka Grimm ertaklari, “Ajdar qush”, “Oltin tarvuz ”, “Mening ertaklar kolleksiyam” nomli bir qancha qiziqarli adabiyotlar va ma’lumotlar o’rin olgan.
