10Jun-2024
«Kitob ko’rgazmasi»
#Korgazma
#1_iyun_bayram
#Farzand_umr_chirogi
Bolalikning bagʻri keng, toza,
Oʻynab-kulsa qanday zoʻr, soz-a.
Soydek joʻshib koʻnglin xoʻp yoza,
Jilovlasin ikki daryoni,
Bolalarga bering dunyoni.
Ushbu kun 1925-yil Jenevada bolalar farovonligiga bagʻishlangan Butunjahon konferensiyasida taʼsis etilgan boʻlsa, oradan 25 yil oʻtib, 1950-yildan bayram sifatida nishonlab kelinadi.
Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.
Oʻzbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan gʻamxoʻrliklar ogʻushida voyaga yetmoqda. Qo’ng’irot tumani Axborot-kutubxona markazida “Farzand-umr chirog’i» deb nomlangan kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.Ko’rgazmaga kutubxonamizda bolalarga mo’ljallangan ajoyib, biri-biridan qiziqarli kitoblar, gazeta-jurnallarda chop etilgan maqolalar joylashtirildi.
