10Jun-2024
«Armiya yoshlar nigohida»
#Kitoblar_koprgazmasi
#Armiya_yoshlar_nigohida
#Festival
Yoshlarni har tomonlama qo’llab quvvatlash hamda ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida shu yilning 25-may kuni Qo‘ng‘irot tumani markazi Yoshlar saylgohida «Armiya yoshlar nigohida» shiori ostida yoshlar festivali o’tkazildi.
Festival doirasida yoshlar o’rtasida, Zakovat intellektual o’yini, sog’lom turmush uchun 5000 qadam yurish aksiyasi, shashka, stol tennisi, rasmlar tanlovi, hunarmandlar ko’rgazmasi, uch avlod uchrashuvi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning harbiy qurol-aslaha va texnikalar ko’rgazmalari, qo’l jangi chiqishlari hamda tuman madaniyat bo’limi tomonidan gala konsert dasturi nomoyish etildi.Ushbu festivalda Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan yangi kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

