13Nov-2023
«Biz bir bo’lsak-yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz» shiori ostida Ma’naviyat marafoni
Yoshlarga yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlar, erishilayotgan yutuqlar haqida keng ma’lumot berish, ularda Vatanga muhabbat xalqimizga sadoqat hissini yanada kuchaytirish tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi g’oyaviy tahdidlarga qarshi immunitetni mustahkamlash, yoshlarni ilm-fanga, ma’rifatga targ’ib qilish barobarida ma’rifatli jamiyat qurish ular qalbida Yangi O’zbekistonni barpo etishdagi dahldorlik hissini kuchaytirish maqsadida ,
2023-yil 10-noyabr kuni «Qanli» ovul fuqoralari yig’inida «Biz bir bo’lsak-yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz» shiori ostida Ma’naviyat marafoni loyihasi doirasida “Kitob mening taqdirimda” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Tadbirda bir qancha tanlovlar g’olibi shoira Zulfiya Jiemuratova qatnashib, yoshlar tarbiyasida kitobning ahamiyati haqida maruza oqidi va oz qalamiga mansub sherlardan oqib berdi. Kitobxon nuroniylar onaxonlarimiz, otaxonlarimiz ozlari oqigan kitoblari, ulardan olgan taasurotlari haqida aytib otdi. Maktab o’quvchilari qatnashib, sevib oqigan kitoblaridan parchalar aytib berdi. Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan kitob ko’rgazmasi tashkillashtirildi.
