24Aug-2026
“Ijodkor ayol bilan uchrashuv”
2026-yil 14-avgust kuni Qoʻnʻirot tumani Axborot-kutubxona markazida “Ijodkor ayol bilan uchrashuv” mavzusida Jahon yozuvchilar uyushmasi a’zosi Zulayho Yuldasheva bilan ucrashuv kechasi tashkillashtirildi.
Tadbirda Zulayho Yuldashevaning hayoti va ijodi bosib oʻtgan umr yoʻllari haqida Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ma`lumotlar berildi. «Raqam ichida vatan», “Bahor yillari” “Men sevgan ayol” kitoblarining taqdimoti oʻtkazildi.
Ijodiy uchrashuvga tumanimizdagi bir qator shoir, yozuvchilar, nuroniy otaxon, onaxonlarimiz, mahalla xotin-qizlar faollari tashrif buyurishdi. Ulardan Artikov Joldas, Ziynetulla Xojaniyazov, Barno Hayotbaxsh, Gulsara Yuldasheva,va sinfdosh dugonalari so‘zga chiqib Zulayho Yuldashevaning serqirra ijodlarini yuqori baholab, mehnatlarini e’tirof etdilar.
Zulayho Yuldashevaning asarlarda inson taqdiri, vatan soģinchi, turmush tashvishlari, quvonch va shodliklari keng qamrovda yoritilib, yuksak badiiy talqinda ochib berilgan.
