03Aug-2026
«Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi» ko‘rik-tanlovi
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Jayxun-2» bolalar dam olish oromgohi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida «Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovning asosiy maqsadi o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasi madaniyatini keng targ‘ib etish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda faol kitobxonlarni rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.
Ko‘rik-tanlov davomida ishtirokchilar mutolaa qilgan kitoblari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, asar mazmuni, qahramonlari va ulardan olgan xulosalari haqida so‘zlab berdilar. Yakunda bilim va kitobxonlik madaniyati bilan ajralib turgan eng faol ishtirokchilar munosib baholanib, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Mazkur tanlov bolalarning kitobga bo‘lgan mehrini yanada mustahkamlash, ularni mutolaaga keng jalb etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
