21Jul-2026
«Kitob marafoni»
#Yoz_otmoqda_soz
☀️ Qani, marafonda kim g‘olib bo‘lar ekan?
»Jayhun-2″ bolalarning yozgi dam olish oromgohida haqiqiy «Kitob marafoni» boshlandi! 📚🚀
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tashkil etilgan ushbu marafon o‘g‘il-qizlarimizning yozgi ta’til kunlarini nafaqat maroqli, balki o‘ta foydali o‘tkazishga xizmat qilmoqda.
✨ Maqsadimiz: Bolajonlarning kunlik kitob o‘qish ko‘lamini oshirish, ularni mutolaaga qiziqtirish va eng zukko kitobxonlarni aniqlash!
Shiorimiz: «Kim ko‘p kitob o‘qiydi?» 🤔📖
Oromgohdagi har bir kun yangi sarguzasht, yangi asar va yangi bilimlar olami degani. Bolalar o‘rtasidagi do‘stona raqobat va kitobga bo‘lgan cheksiz mehr barchamizni quvontirmoqda. Yozni kitob bilan o‘tkazayotgan zukko bolajonlarimizga omad tilaymiz!
