03Jul-2026
«Zakovat» intellektual o‘yini
Bugun Qo’ng’irot tumaniAxborot kutubxona markazi tomonidan «Jayhun-2» bolalar oromgohi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida «Bilimdon bolalar» mavzusi yuzasidan «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarning bilim saviyasini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
Intellektual o‘yin davomida tarbiyalanuvchilar turli qiziqarli savollarga javob berib, o‘zlarining bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in bahs-munozaralar, tezkor fikrlash va jamoaviy hamkorlik muhiti hukm surdi. Har bir otryad g‘alaba uchun astoydil harakat qilib, o‘zining zukkoligi va topqirligini ko‘rsatdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇1-o‘rin – 2-otryad;
🥈2-o‘rin – 3-otryad;
🥉3-o‘rin – 4-otryad;
⭐️4-o‘rin – 1-otryad egalladi.
G‘olib bo‘lgan jamoalar tantanali ravishda taqdirlandi. Jumladan, 1 -2 – va 3-o‘rin sohiblariga diplomlar topshirildi. Shuningdek, 4-o‘rinni egallagan jamoa ham faol ishtiroki va intilishi uchun tashakkurnoma bilan rag‘batlantirildi.
Bunday intellektual o‘yinlar tarbiyalanuvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularda jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kelgusida yuksak natijalarga erishishlariga xizmat qiladi.

