26Oct-2026
Til – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” nomli kitob ko‘rgazmasi
21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami hamda “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan Qo‘ng‘irot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 16-sonli umumta’lim maktabida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari “Til – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” nomli kitob ko‘rgazmasi bilan faol qatnashishdi.
Ko‘rgazmada namoyish etilgan adabiyotlar:
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ko‘p jildlik to‘plamlari;
“Davlat tilida ish yuritish” va amaliy ish yuritish qo‘llanmalari;
Kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug‘at kitoblari;
Ona tili va adabiyot o‘qitishning zamonaviy usullari hamda diktantlar to‘plamlari;
Alisher Navoiy va Maqsud Shayxzoda asarlari, “XX asr o‘zbek hikoyasi antologiyasi” va boshqa badiiy adabiyotlar.
Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan milliy kuylar va jozibali raqslar ijro etildi.
«Ona tilim – jonu dilim,
Yuragimning qoshida sayra
