24Aug-2026
«Kafedra almashish» kuni
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi yoshlari o‘z faoliyatida yana bir yangi va amaliy tashabbusga qo‘l urdi. Markazimizda yosh xodimlarning boshqaruv ko‘nikmalarini oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida «Kafedra almashish» kuni tashkil etildi.
🔄 Bu nima beradi?
Loyihaga ko‘ra, yosh xodimlar bir kun davomida o‘z bo‘limlarini o‘zaro almashtirib ishlashdi.
Xususan: Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati,
Axborot kommunikatsiyalari texnologiyalari xizmati,
Bibliografiya xizmati,
Fondni saqlash xizmati mutaxassislari bir-birlarining ish jarayonlarini yaqindan sinovdan o‘tkazdilar.
Ushbu amaliy jarayon yoshlarga kutubxonaning umumiy boshqaruv zanjirini ichdan tushunish, har bir bo‘limning o‘ziga xos mas’uliyati va muhimligini chuqur anglash imkoniyatini beradi. Bunday tashabbuslar kelgusida yanada samarali xizmat ko‘rsatish va yosh kadrlarni yetakchilik ruhida tarbiyalaydi.
