30Jul-2026
«Bilimdon bolalar» deb nomlangan Zakovat intellektual o‘yini
Bugun Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi «Jayxun-2» dam olish oromgohi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida «Bilimdon bolalar» deb nomlangan Zakovat intellektual o‘yini bo’lib o’tdi. O’quvchilar 3 guruhga bo’lindilar va o’zaro bellashdilar.
O‘yin juda qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Har bir guruh a’zolari o‘zlarining zukkoligi, mantiqiy fikrlashi va keng dunyoqarashini namoyish etishga harakat qildilar. Kutubxona xodimlari tomonidan tayyorlangan qiziqarli va mantiqiy savollar bolajonlarning bilimlarini yanada charxlashga xizmat qildi.
Bellashuv yakuniga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan jamoa intellektual o‘yin g‘olibiga aylandi.
Bu kabi tadbirlar «Jayxun-2» dam olish oromgohi tarbiyalanuvchilarining yozgi ta’til kunlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish bilan birga, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
