03Jul-2026
“Yoshlar kuni” munosabati “Uch avlod uchrashuvi” tashkillashtirildi.
Yoshlar_oyligi
2026 yil 26-iyul kuni Qoʻngʻirot tumani Manaviyat va marifat markazida Qoʻngʻirot tumani Nuroniylar boʻlimi, Respublika Manaviyat va marifat markazi Qoʻngʻirot tumani boʻlimi tashabbusi bilan “Yoshlar oyligi” doirasida 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati “Uch avlod uchrashuvi” tashkillashtirildi. Uchrashuvda mamlakatimizning rivojlanishi yoʻlida oʻz mehnatlari bilan ulushlarini qoʻshgan nuroniy otaxon, onaxonlarimiz va bilim zakovatlari bilan muvaffaqiyotlarga erishayotgan yoshlar qatnashdilar. Nuroniylar yosh avlod vakillari bilan o‘zlarining bosib o‘tgan hayot yo‘llari, orttirgan tajribalarini ulashib, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tdilar. Tadbirni Qoʻngʻirot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimi Toʻxtarova Jayna olib bordi. Tuman Madaniyat xodimlari tomonidan ijro etilgan qoʻshiqlar barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
“Uch avlod uchrashuvi» tadbirida ko’riladigan masalalar, asosan, o’zaro fikr almashish, tajriba va bilimlarni bir-biriga o’rgatish, va jamoatni bog’lash kabi mavzularni o’z ichiga oladi. Bu kabi tadbirlar avlodlar o’rtasidagi farqlarni kamaytirishga, bir-biriga hurmatni oshirishga va jamiyatni rivojlantirishga yordam beradi. Mazmunli uchrashuv barchaga birdek ma’qul bo‘ldi.

