03Jul-2026
“O‘yla, izla, top” mavzusida qiziqarli intellektual o‘yin
Bugun «Jayhun-2» bolalar oromgohi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “O‘yla, izla, top” mavzusida qiziqarli intellektual o‘yin tashkil etildi. O‘quvchilar ikki guruhga bo‘linib, o‘z jamoalariga “Chaqqonlar” va “Ziyraklar” deb nom berdilar.
O‘yin ikki shart asosida o‘tkazildi. Birinchi shart “So‘z o‘yini” deb nomlanib, unda ishtirokchilar chiziqlar yordamida yashirilgan meva va sabzavotlar nomlarini topishlari kerak bo‘ldi. Ushbu shart uchun 2 daqiqa vaqt ajratildi. Belgilangan vaqt ichida eng ko‘p so‘zni topgan “Ziyraklar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi shart “10 ta farqni toping” o‘yini bo‘lib, jamoalarga rasmlar orasidagi farqlarni aniqlash uchun 1 daqiqa vaqt berildi. Bu bosqichda chaqqonlik va diqqat-e’tibor namoyon etgan “Chaqqonlar” jamoasi g‘olib deb topildi.
Shu tariqa, har ikki jamoa bittadan shartda g‘alaba qozonib, “O‘yla, izla, top” intellektual o‘yini do‘stona ruhda durang natija bilan yakunlandi. Tadbir tarbiyalanuvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, topqirlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
