19Jun-2026
«Kitobxon onalar»
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning kitobxonlik madaniyati hamda ma’naviy tafakkurini yuksaltirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
✨ Bugun, 2026-yil 18-iyun kuni Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘ng’irot tuman bo‘limi hamkorligida navbatdagi “Kitobxon onalar” uchrashuvi tashkillashtirildi.
Uchrashuvda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari Umida Tleumuratova so‘zga chiqib,
Xayriddin Sultonning “Yaldo kechasi” asari tahliliga to‘xtaldi.
📚 “Yaldo kechasi” — Sharq adabiy-falsafiy an’analariga yaqin bo‘lgan ruhiy-ramziy asar bo‘lib, unda eng uzun tun — inson hayotidagi sinov va mashaqqatlarning timsoli sifatida tasvirlanadi. Ushbu kecha ortidan keladigan tong esa umid, najot va yangi boshlanishlarni anglatadi.
✨ Asarda inson qalbining kechinmalari, ichki kurashi, umidsizlik va ishonch o‘rtasidagi nozik chiziq badiiy tarzda ochib beriladi. Har bir obraz o‘quvchini o‘z hayoti haqida mushohada yuritishga chorlaydi.
💭 Asar bizga sabrli bo‘lish, har qanday qiyinchilikka bardosh berish va qalbimizdagi umid chirog‘ini so‘ndirmaslik kerakligini o‘rgatadi. Chunki har qanday tun ortidan albatta tong keladi.
📌 Tadbirning bosh g‘oyasi:
Asar mazmun-mohiyati orqali ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ma’naviy hayotimizdagi beqiyos ahamiyati hamda oila va farzand tarbiyasidagi muhim roli alohida e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, ushbu asarda ayol siymosi, ona mehrining beqiyos kuchi va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni nihoyatda chuqur va ta’sirchan yoritilgan.
Kitobxon onalar davrasida kechgan ushbu samimiy muloqot barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va tumanimiz ayollari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishda yana bir muhim qadam bo‘ldi.
