19Jun-2026
«Qiziqarli oyinlar»
“Jayhun-2” bolalar oromgohida tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qiziqarli Lego o‘yini o‘tkazildi.
O‘yin shartiga ko‘ra, Lego bo‘laklari bir partaga skotch yordamida yopishtirildi. Ishtirokchilar Lego bo‘laklariga qo‘llari bilan tegmagan holda ularni ikkinchi partaga ko‘chirib o‘tishlari kerak edi. Har bir jamoaga topshiriqni bajarish uchun 2 daqiqa vaqt berildi.
O‘yin davomida bolalar chaqqonlik, epchillik, jamoaviy hamkorlik va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Belgilangan vaqt ichida qaysi jamoa ko‘proq Lego bo‘lagini ko‘chirib o‘ta olishi bo‘yicha qiziqarli bellashuv tashkil etildi.
Mazkur o‘yin tarbiyalanuvchilarda jamoa bo‘lib ishlash, diqqatni jamlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli va maroqli o‘tkazish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

