19Jun-2026
#Kitob_mening_dostimsan
«Jayhun-2» bolalar oromgohi tarbiyalanuvchilariga kutubxonada bolalar uchun «Kitob mening do‘stimsan» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi. Davra suhbati davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning bilim va tafakkurni boyitishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, mavzuga oid videorolik namoyish etilib, unda kitobxonlikning inson kamolotidagi o‘rni, mutolaaning foydali jihatlari hamda kitobning ma’naviy boylik manbai ekani haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Videorolik bolalarda katta taassurot qoldirib, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Suhbat davomida kitob insonning eng yaqin va sodiq do‘sti ekani, u kishiga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, dunyoqarashini kengaytirishi ta’kidlandi. Bolalarga turli badiiy asarlar, ertak va hikoyalar tavsiya etilib, mutolaaning foydalari haqida tushunchalar berildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida fikr almashib, savol-javoblarda faol qatnashdilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.
Zero, kitob – insonning eng yaqin do‘sti, bilim va ma’naviyat xazinasidir.
