20May-2026
«Qatagon qurbonlari»
#qatagon_qurbonlari
Jadidlar hayotini o’rganish, nohaq qatag’onga uchragan insonlar xotirasini abadiylashtirish bo’yicha xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Vatanimizning milliy istiqloli, xalqimiz ozodligi uchun kurashib, shu yo’lda jonini fido etgan, siyosiy qatag’on qurbonlari bo’lgan ota-bobolarimizning hayoti va faoliyatini atroflicha o’rganish, tadqiq etish, ularning nomlari va xotiralarini mustahkamlash, tariximizning noma’lum sahifalarini tiklash, ayniqsa yosh avlodning Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg’usini, ularni bugungi tinch, erkin, ozod va farovon hayotning qadriga yetish ruhida tarbiyalash maqsadimizdir. Shu munosabat bilan Qo’ng’irog tumani axborot kutubxona markazi xodimlari MMTBga qarashli 21-sonli maktabda «Qatag’on qurbonlari nomi o’chmasdir» mavzusida davra suhbati o’tkazdilar. Davra suhbatini kutubxona xodimi M.Muxtarbaeva olib bordi, shuningdek, yozuvchi Shukrulloning «Kafansiz ko’milganlar» kitobini taqdimotini o’tkazdi. Suhbat davomida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
