20May-2026
«Kitobxon onalar kuni»
Oila va xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan xotin qizlarni qo’llab-quvvatlash, ularning madaniyatini,tafakkurini yuksaltirish maqsadida Qo’ng’irot tumani Axborot kutubxona markazida navbatdagi «Kitobxon onalar» kuni tashkillashtirildi. Kutubxonamizning doimiy a’zosi nuroniy onaxonimiz Anargul Matchanova Abduqayum Yoldoshev qalamiga mansub «Ishq afsunlari» kitobini, nevarasi Sh.Sagitova «Masallar» to’plamidan aytib berdilar.Taqdim qilingan asar do’stlarning bir-biriga bo’lgan oqibati,ular o’rtasidagi bir qizga bo’lgan muhabbat sinovlari haqida bo’lib keng ommaga o’qish uchun tavsiya qilindi.
