20May-2026
«Mutolaa_zavqi»
📚Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo’ng’irot tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PF-66-sonli “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 29-apreldagi 47-sonli buyrug‘i hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazining 2026-yil 7-apreldagi 11-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida MMTBga qarashli 21-sonli maktabda “Mutolaa” platformasi bo‘yicha Axborot kutubxona markazi xodimlari G.Allayarova, M.Muxtarbayevalar tomonidan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi chekka qishloq va tumanlardagi yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, 2026–2030-yillarda yoshlarning kamida 30 foizini kitobxonlik loyihalariga, jumladan “Mutolaa” loyihasiga keng jalb qilishdan iborat bo‘ldi.
📚Davra suhbati davomida o‘quvchilarga “Mutolaa” platformasi imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berilib, mavzuga oid videoroliklar namoyish etildi. Tadbirda 90 nafardan ortiq o‘quvchi faol ishtirok etdi.
📚Shuningdek, maktab va axborot-kutubxona mаrkazi o‘rtasida ko‘chma kutubxona xizmatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi tuzildi. Bu esa o‘quvchilarning kitob va axborot resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

