20May-2026
«Eń kitapqumar shańaraq» mavzusida kitob ko’rgazmasi
#korgazma
Oila muqaddas va qutlug’ dargoh. Oilani jamiyatning kichik bir bo’g’iniga qiyoslash mumkin. Mehr-oqibat rishtalarini, odamiylik mezonlarini, milliy qadriyatlarni e’zozlab-avaylaydigan , kelgusi avlodlarga to’kis yetib borishini ta’minlaydigan mo’tabar dargoh.
Xalqaro oila kunini nishonlashdan maqsad oilalar bilan bog’liq muammoli masalalarga davlat va jamoatchilik e’tiborini qaratish, oilalar ahvoliga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayonlari haqidagi bilimlarni chuqurlashtirishdan iborat.
15-may xalqaro oila kuni munosabati bilan Qo’ng’irot tumani axborot kutubxona markazida «Eń kitapqumar shańaraq» mavzusida kitob ko’rgazmasi qo’yildi. Ko’rgazmada oila mavzusiga doir adabiyotlar qo’yildi.
