20May-2026
«kUTUBXONAGA SAYOHAT»
#sayohat
📚Qo’ng’irot tumani axborot kutubxona markaziga Qo’ng’irot tumani MMTBga qarashli 35 – sonli maktabning «Vatan tayanchi» otryadi o’quvchilari CHQBT fani rahbari Dawletnazarov Majit boshchiligida sayohatga keldilar.
O’quvchilar kutubxona faoliyati, kutubxonadan foydalanish qoidalari bilan tanishtirildi.
«O’lkam tarixi va buguni» deb nomlangan ko’rgazmadagi kitoblar haqida ma’lumot berildi.
ma’lumot berib o’tdi.
Kutubxonamizdagi «Màdeniy miyraslarimizdi qàsterleyik» burchagi bilan tanishtirildi.
📚AKT rahbari B. Mustafaeva
o‘quvchilarga “Mutolaa” platformasi haqida batafsil ma’lumot berildi. Suhbat davomida platformaning imkoniyatlari, foydalari va undan foydalanish tartibi tushuntirildi.
📚Ta’kidlab o‘tildiki, “Mutolaa” — bu zamonaviy elektron kutubxona bo‘lib, unda turli janrdagi elektron kitoblar, audiokitoblar va videomateriallar jamlangan.
📚Platforma yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bilim saviyasini kengaytirishga xizmat qiladi.
📚О‘quvchilarga platformadan mobil telefon va kompyuter orqali foydalanish mumkinligi, kitoblarni onlayn o‘qish va tinglash imkoniyatlari mavjudligi haqida ham aytib o‘tildi. Shuningdek, mutolaa qilishning inson tafakkuri, nutqi va dunyoqarashini rivojlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
📚О‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va muntazam kitob o‘qib borishga chorlandi.

