30Mar-2026
«Noyob iste’dod sohibi» mavzusida davra suhbati
#Abdulla_Oripov
Joriy yilning 19-mart kuni Qo’ng’irot tumani Axborot-kutubxona markazida
O‘zbek adabiyotining zabardast vakili, O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud kuni munosabati bilan «Noyob iste’dod sohibi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Bibliografiya xizmati bibliografi Tileumuratova Zamira so‘zga chiqib Abdulla Oripov she’riyatining mazmunan teranligi, vatanparvarlik ruhiga yo‘g‘rilgani va inson qalbining nozik kechinmalarini yuksak badiiylik bilan ifodalaganini alohida ta’kidladi. Suhbat davomida Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati xodimlari Orimbayeva Gulchehra va Muxtarbayeva Madina shoirning boy ijodiy merosi, uning o‘zbek adabiyoti va milliy tafakkur rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritdi. Uning asarlarida ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va insoniylik g‘oyalari yetakchi o‘rin egallashi qayd etildi.
