30Mar-2026
«Millat fidoiylari»
2025-2026 -yillarda mamlakatimizda qatag’on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ’ib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo’yicha rejamizdagi navbatdagi tadbirimiz bo’lib o’tdi. Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi xodimlari ishtirokida «Yurt va millat fidoiylari yoddan chiqmaslar» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatni bibliografiya xizmati xodimi Z.Tileumuratova olib bordi. Atoqli tarixchi, Qoraqalpog’iston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi, professor Sh.Babashevning «Jazìqsiz jazalang’an repressiya qurbanlari» asarining qisqacha mazmuni bilan tanishtirib o’tdi.

