17Mar-2026
Umumxalq hashari
#umumxalq_hashari
- Umumxalq hashari – barchamiz uchun ezgu ish!
Yurtimizni yanada obod va go‘zal qilish, atrof-muhitni asrash hamda mahallalarimizni obod saqlash maqsadida 13-14-mart kunlari o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Hashar – bu nafaqat mehnat, balki hamjihatlik, birdamlik va Vatanga bo‘lgan mehr ifodasidir. Barchamiz birlashib, mehnat joyimiz, mahallamiz, ko‘chalarimiz va yashab turgan maskanlarimizni yanada obod qilaylik.
Toza muhit – sog‘lom hayot garovi!
Birgalikdagi obodlik uchun harakatimiz – yashil makonga aylanayotgan yurtimiz ravnaqi yo‘lida muhim qadamdir!
Umumxalq xayriya hasharida Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari faol qatnashmoqda.
Markaz hududi atrofini tozalash, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
