18Feb-2026
«Kitobxon ona»
Ona qo‘lida kitob bo‘lsa — uyda tarbiya, qalbda esa nur bo‘ladi.
2026-yil 11-fevral kuni Qo‘ng‘irot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan eng faol kitobxon onalardan biri — “Sanoat” MFYda istiqomat qiluvchi Ariqalieva Qatira onaxon xonadoniga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida kitob targ‘iboti olib borildi hamda zarur badiiy va ma’rifiy adabiyotlar yetkazib berildi.
Kitobxon onalar — jamiyat ma’naviyatining mustahkam poydevoridir.
