19Jan-2026
“Har bir inson huquqi qonun bilan himoyalangan”
Har bir inson Huquqi qonun bilan himoyalangan
Qo’ng’irot tumani Axborot-kutubxona markazida “Har bir inson huquqi qonun bilan himoyalangan” nomli zakovat intellektual oʻyini tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Ichki ishlar vazirligining Birinchi mintaqaviy hududi Qo‘ng‘irot tumani IIB XX xodimlari, Qo‘ng‘irot tumani Yo‘l harakati xafsizligi xizmati(YHXX)xodimlari, Ichki ishlar xodimlari,Favqulodda vaziyatlar bo‘limi faol ishtirok etdilar. Intellektual bellashuv ishtirokchilarning bilim saviyasi, tezkor fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdi.
Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslar yakuniga koʻra, Qo‘ng‘irot tumani Yo‘l harakati xafsizligi xizmati(YHXX)xodimlari
jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblar hamda barcha ishtirokchilar tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.





