02Dec-2025
«Zoravonlikka qarshi kurashish»
2025-yil 1-dekabr kuni Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazida 25-noyabrdan 10-dekabrga qadar «Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik» xalqaro kuni munosabati bilan «Zo‘ravonlikka qarshi kurashish» mavzusida maxsus kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.
📚 Ko‘rgazma doirasida:
Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga bag‘ishlangan adabiyotlar
Zo‘ravonlikning turlari va ularni oldini olish bo‘yicha ilmiy-ommabop kitoblar
Psixologlarning tavsiyalari aks etgan qo‘llanmalar
Oilaviy madaniyat, farovonlik va sog‘lom muhitni yaratishga oid nashrlar
Mahalliy va xorijiy mualliflarning gender tenglik haqidagi asarlari namoyish etilmoqda.
🔶 Tadbirning asosiy maqsadi — jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik masalasiga e’tibor qaratish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlar va oila a’zolarini sog‘lom munosabatlar ruhida tarbiyalashdir.
