11Nov-2025
«Ko’rgazma»
#21_Oktabr_Ozbek_tili
🔷1989-yil 21-oktabrda O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi.
Ushbu Qonun tom ma’noda xalqimizning mustaqillik uchun qo’yilgan dastlabki qadami bo’ldi.
Mazkur Qonunning 1-moddasi va Bosh Qomusimizning 4-moddasida “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tili” ekanligi va O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlanishi ham belgilab qo’yildi.
🔷O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi o’z navbatida, xalqimizning asriy orzusi bo’lgan milliy mustaqillikka erishish yo’lidagi muhim siljishlardan biri bo’ldi.
🔷 Sana munosabati bilan Qo’ng’irot tumani axborog kutubxona markazida «Til millatning ko’zgusi» deb nomlangan ko’rgazma qo’yildi. Ko’rgazmaga izohli lug’atlar, o’zbek tili haqidagi she’rlardan iborat adabiyotlar, gazeta maqolalari qo’yildi.
