07Aug-2025
«Yangi O’zbekiston yoshlari»
#korgazma
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar kuni — Oʻzbekistonning milliy bayrami boʻlib, har yili 30-iyun — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-iyun kuni boʻlib oʻtgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida ilk bor «Yoshlar kuni»ni nishonlash toʻgʻrisida e’lon qilgan, shu kunning oʻzida yangi tashkilot – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqini yangi maqsad va vazifalar bilan tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 14-avgustda qabul qilingan va 2017-yil 24-avgustda Senat tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017-yil 25-avgustda imzolangan. Shu sana munosabati bilan
Qo’ng‘irot tumani Axborot kutubxona markazida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan «Yangi O‘zbekiston yoshlari» mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.