04Aug-2025
“Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni”
26-iyun – “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” munosabati bilan Qo’ng’irot tumani Axborot-kutubxona markazida “Imkoning borida yo‘q degin ” deb nomlangan kitob rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.
Giyohvandlikka “asr vabosi” deya ta’rif beramiz. Unga qarshi nafaqat illat, balki global ofat sifatida kurashamiz.
Farzandlarimizni sog‘lom muhitda, to‘g‘ri yo‘lda, ezgu tushunchalarni yuraklariga joylab voyaga yetkazaylikki, hech qanday tashqi kuchlar va qora illatlar ularni o‘z domiga torta olmasin.
