07Feb-2025
Alisher Navoiy korgazma
«Alisherbek naziri yoʻq kishi edi. Turkiy til bila to sheʼr aytubturlar, hech kim oncha koʻp va xoʻb aytqon emas.»
Zahiriddin Muhammad Bobur. «Boburnoma»dan.
Millatimiz buyuk siymosi – buyuk shoir, mutafakkir, so’z mulkining sultoni, davlat arbobi Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevral kuni Hirotda tavallud topgan. Navoiy juda katta va boy lirik xazina yaratib qoldirdi. 1483-1485 yillar Navoiy o‘z ichiga besh dostonni olgan “Xamsa” asarini yaratgan: “Hayrat ul-Abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” , “Saddi Iskandariy”. Uning asarlari XV asrdan hozirgi kungacha o‘zbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda.
Qo’ng’irot tumani axborot kutubxona markazida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag’ishlangan kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ushbu ko’rgazmada shoirning asarlari, dostonlari, g’azallari va ruboiylari hamda shoir haqida yozilgan asarlar o’rin olgan.
