10Sep-2024
“Muqaddassan Ona Vatanim” ko’rgazma
#Mustaqillik_33_yil
#Bir_bõlsak_yagona_xalqmiz_birlashsak_Vatanmiz
Qo’ng’irot tumani Axborot-kutubxona markazida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Biz bir bo’lsak xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida “Muqaddassan Ona Vatanim” deb nomlangan ko’rgazma tashkillashtirildi.
Ko’rgazmadan bugungi kunda gullab, yashnayotgan O’zbekistonda olib borilayotgan ijobiy o’zgarishlar, islohotlar, fidoiy insonlar haqidagi kitoblar, gazeta va jurnal maqolalari joy olgan. 1991-yil 31-avgustda “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” qonun qabul qilindi hamda shu qonun doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin Oʻzbekiston SSRni Oʻzbekiston Respublikasi deb atash va 1-sentyabrni Mustaqillik kuni deb e’lon qilish belgilandi.
