26Oct-2026
Siyosiy-ma’rifat soati
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va ma’naviy boyligimiz!
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan davlatimiz rahbarining o‘zbek xalqiga yo‘llagan tabrigi hamda unda ilgari surilgan muhim g‘oyalar haqida fikr almashildi.
Tadbirda ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniy merosimizni asrab-avaylashdagi o‘rni, o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirish, uni kelajak avlodga sof holda yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ona tilimizga hurmat — milliy qadriyatlarimizga hurmatdir!
