26Oct-2026
Siyosiy-ma’rifat soati
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari navbatdagi siyosiy-ma’rifat soatida onlayn tarzda faol ishtirok etdilar.
Siyosiy-ma’rifat soatining navbatdagi sonida siyosiy-ijtimoiy yangiliklar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda davlat xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiluvchi dolzarb ma’lumotlar yoritildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Turkmanistonning «Avaza» majmuasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlatlari rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi o‘z ishini boshlagani haqida ma’lumot berildi. Yig‘ilish oldidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov kutib oldi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgani hamda unda Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bitim imzolangani qayd etildi.
«Avaza»dagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda milliy taomlar festivaliga tashrif buyurgani haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Siyosiy-ma’rifat soati davomida inson psixologiyasiga oid ma’lumotlar, «Ertaknoma kutubxona» hamda shukronalik sahifasi haqida ham so‘z yuritildi. Ushbu mavzular orqali insonning ma’naviy olamini boyitish, ruhiy dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish va hayotdagi ne’matlarni qadrlashning ahamiyati yoritildi.
Siyosiy-ma’rifat soati xodimlarning siyosiy-ijtimoiy bilimlarini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini mustahkamlashga xizmat qildi.
