21Sep-2026
Siyasiy-aǵartıwshılıq saatı
Qo‘ng‘irot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari navbatdagi siyosiy-ma’rifat soatida onlayn tarzda faol ishtirok etdilar.
Siyosiy-ma’rifat soatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 13–16-sentabr kunlari Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi hamda tashrif doirasida o‘tkazilgan muhim uchrashuv va muzokaralar haqida ma’lumotlar berildi.
Tashrif davomida davlatimiz rahbari Seul shahrida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Cho Chjon Shik, Bosh vaziri Xan Son Suk, yirik kompaniyalar va moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston–Koreya biznes forumi ham o‘tkazilib, unda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, investitsiyaviy hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim kelishuvlar imzolandi.
