24Jul-2026
Ariqalieva Qatira onamizning xonadoniga tashrif.
2026-yil 9-iyul kuni Qo‘ng‘irot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tumanimizning eng faol va fidoyi kitobxonlaridan biri — “Sanoat” MFYda istiqomat qiluvchi Ariqalieva Qatira onamizning xonadoniga tashrif buyurishdi.
Suhbat dasturxon atrofida, kitoblar qurshovida juda samimiy va qizgʻin kechdi. Qatira onamiz nafaqat oʻzi doimiy mutolaa bilan band, balki farzandlari va nabiralariga ham kitobga boʻlgan muhabbatni oʻrgatib kelayotgan haqiqiy maʼrifatparvar onalarimizdandir.
Tashrif davomida onamiz oʻzlari sevib oʻqigan asarlari — Togʻay Murodning «Jimjitlik», Abdusaid Koʻchimovning «Buni hayot deydilar…» kabi kitoblari haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdilar.
✍️ Shuningdek, kutubxona xodimlari bilan birgalikda onamizning sevimli kitoblari roʻyxati shakllantirildi va kelgusida mutolaa qilinishi kutilayotgan yangi adabiyotlar boʻyicha fikr almashindi.
